Tramp «dollardan voz kechmoqchi bo‘lganlarga» mujda yo‘lladi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp CNBC telekanali orqali 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, bir qator davlatlar dedollarizatsiya yo‘lidan borish istagi fonida boshqa mamlakatlarning Amerika dollaridan voz kechishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
«Men mamlakatlarga dollardan voz kechishiga yo‘l qo‘ymayman», dedi Tramp.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington «bu standartni yo‘qotsa, bu inqilobiy urushda yutqazgandek bo‘ladi» va Qo‘shma Shtatlar uchun zarba bo‘ladi.
Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar bunga yo‘l qo‘ya olmaydi. Hozirda juda ko‘p davlatlar dollardan uzoqlashish uchun kurashmoqda, deya qo‘shimcha qildi sobiq prezident.
Eslatib o‘tamiz, dollardan voz kechish yoki uning savdodagi ulushini kamaytirish ko‘proq AQSh va Yevropa sanksiyalariga tushgan davlatlar, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya kabi davlatlar vakillari tomonidan taklif etib kelinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter