Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: AQSh koronavirusning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi

Tramp: AQSh koronavirusning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi

Foto: «Biznakenya.com»

AQSh koronavirusni yuqtirish holatlarining eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi, deya jurnalistlarga ma’lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp.

«Kurash davom etyapti, lekin ma’lumotlar mamlakat miqyosida yangi holatlar cho‘qqisidan o‘tganimizni tasdiqlamoqda», — dedi u.

Shuningdek, prezident Amerikaning ba’zi shtatlari karantindan so‘ng 1-maygacha «ochilishi» mumkinligini aytib o‘tdi. Uning fikricha, Oq uy payshanba kuni koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring