Toshkentlik ayolning ikki qimmatbaho mashinasini qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchilar ushlandi

Shu yilning 8-mart kuni taxminan soat 5.30 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli «Mercedes-Benz GLS300» va «BMW X5» rusumli avtomobillarning qasddan yoqib yuborilgani xabar qilingandi.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSh dollari miqdorida baholangan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi «v» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh.lar aniqlanib, qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter