Toshkentdan Rossiyaning yana bir shahriga qatnov tiklandi
2022 yil 1 avgustdan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahriga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishida qatnovlar haftaning har dushanba kuni bajariladi. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar «Toshkent» avtovokzalidan soat 14:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 803 000 so‘m etib belgilangan.
Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishida qatnovlar haftaning har juma kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkent tomon yo‘lga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter