Toshkentdan Chimkentga birinchi avtobus jo‘nab ketdi
Avval xabar berganimizdek, bugundan boshlab «Toshkent-Chimkent-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab ilk qatnov yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishning dastlabki yo‘lovchilari ikki davlat ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari bo‘ldi. Doimiy qatnovlar 8-yanvardan e’tiboran amalga oshiriladi.
Bloger Rufat Saydazimovning «Xabar.uz» portaliga xabar berishicha, avtobuslarda yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, ular sovitish va isitish, GPS tizimlari bilan ta’minlangan.
Marshrutning uzunligi 145,2 kilometr bo‘lib, yo‘l 3—3,5 soatda bosib o‘tiladi. Reyslar nazorat-o‘tkazish punktlaridagi texnik to‘xtovlarsiz amalga oshiriladi. Bu avtobuslar, yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxona ko‘rigi hamda pasport nazoratidan navbatsiz o‘tkaziladi.
Avtobuslar chegarani «G‘isht ko‘prik» (O‘zbekiston) va «Jibek joli» (Qozog‘iston) nazorat-o‘tkazish punktidan kesib o‘tadi. Marshrutning oxirgi nuqtalari «Toshkent» (O‘zbekiston) va «ShKAAV» (Qozog‘iston) avtobus bekatlari bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter