Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi issiqlik ta’minoti bilan fransuzlar shug‘ullanadi

Toshkentdagi issiqlik ta’minoti bilan fransuzlar shug‘ullanadi

Moliya vazirligida Fransiyaning Veolia Environment kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi muhokama qilingan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha shahar issiqlik ta’minoti tizimini xalqaro texnik va ekologik standartlar darajasida modernizatsiya qilish va rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan energiya manbalarini hisobga olish uchun zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishni ko‘zda tutadi.

Uchrashuv so‘ngida Veolia Environment kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini o‘z ichiga olgan bitim konsepsiyasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etgan.

2018-yil 9-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida prezident Emmanuel Makron bilan bu haqda kelishuv imzolagandi.

Veolia Environment — Parijda joylashgan ko‘p tarmoqli kompaniya hisoblanadi. Suv ta’minoti, kommunal xizmatlar, energiya va transport xizmatlari kabi faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Kompaniya 160 yildan ortiq sanoat tajribasiga ega bo‘lgan resurslarni boshqarish tizimini optimallashtirish sohasidagi yetakchilardan biridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring