Toshkentda talabaga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasiga yetkazilgan tan jarohati haqida Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etlishicha, joriy yilning 19-fevral kuni soat 12.30 larda 18 yoshli Madamin A. va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jaxongir A. o‘rtasida kelib chiqqan mojaro, janjalga aylangan. Natijada Madamin A. qo‘l jangi usulini qo‘llab, ikkalasi yerga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jaxongir A. beton to‘siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi («Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.
Shuningdek, hozirda Jaxongir A. jarohlik amaliyotidan o‘tganligi va koma holatidan chiqqanligini, shifokorlar uning ahvolini mo‘’tadil deb baholayotganligini ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter