Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yalang‘och yurgan erkak qotillikka qo‘l urdi

Toshkentda yalang‘och yurgan erkak qotillikka qo‘l urdi

Joriy yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 31 yoshli erkak yalang‘och holda ko‘chada gul ko‘tarib yurgani aks etgan video tarqalgandi.

UzNews.uzning Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, ushbu voqeadan so‘ng qarindoshlarining ko‘rsatmasi bilan T.A. ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, u Namangan shahridagi tanishinikiga qochib ketgan. Tanishi esa uni vaqtincha parrandachilik fermasiga ishga joylashtirgan.

13 avgust kuni taxminan soat 02:00 larda T.A. va parrandachilik fermasi qorovuli 65 yoshli A.U. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘zaro janjal chog‘ida A.U. T.A.ni haqorat qilgan, shu sababli 31 yoshli erkak qorovulga bir necha marta pichoq urgan. Keksa odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Dekabr oyi boshida sud majlisi bo‘lib, unda 31 yoshli T.A.JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topildi. Ammo, T.A. jinoyatni aqli noraso holatda sodir etgani sababli majburiy davolanishga jo‘natilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring