Toshkentda xitoylik olimlar ishtirokida Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
O‘zMU biologiya fakultetida bir guruh Xitoylik olimlar va talabalar bilan ikki davlatda mavjud bo‘lgan ekologik muammolar, xususan, Orol muammosi va uning yechimiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida orol muammosini bartaraf etishning ilmiy yechimlari, bunga ikkala davlat biolog olimlarining e’tiborini jalb qilish va hamkorlikdagi ishlarini yo‘lga qo‘yish xususida so‘z bordi.
Xitoy oliy o‘quv muassasasi rahbarlari so‘zga chiqib, aniq takliflar va ularning amaldagi ijrosi bo‘yicha fikr almashdilar. Xitoylik olimlar mazkur muammo yuzasidan qo‘llaridan kelgan barcha amaliy yordamni berishga tayyorliklarini bildirdilar.
Bu uchrashuv orol muammosiga e’tiborning Ilmiy muassasalar ko‘lamiga ko‘tarilayotganining nishonasi bo‘ldi. Chunki faqat aniq ilmiy tadqiqotlar yo‘li bilangina bu muammoga yechim topish mumkin. Bu uchrashuvlar Orol muammosi bilan bog‘liq O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining bir qismi, xolos. Oldinda bizni bundan ham katta amaliy loyihalar va innovatsion dasturlar kutib turibdi.
Xabaringiz bor, O‘zMU biologiya fakultetining bir guruh talabalari shu yilning mart oyida tashabbus bilan chiqib, Mo‘ynoq tumanida biologiya fakulteti tashkil etgan o‘quv-dala poligonida amaliyot o‘tab qaytgan edi. Amaliyot jarayonida salkam 2 gektar yerda «Yoshlar bog‘i» tashkil etilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi. Bugun shu ko‘chatlarning barchasi ko‘karib, har bir qalbda umid daraxtiga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter