Toshkentda xitoylik erkakni o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi
13 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida 24 yoshli ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, Toshkentda psixotrop modda ta’sirida bo‘lgan 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan xitoylik 38 yoshli erkakni rashk tufayli pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni umumiy tartibli kaloniyada o‘tashi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter