Toshkentda soxta prokuror ushlandi. U endi sud oldida javob beradi
Joriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani KXAY – Foziltepa chorrahasida «Spark» rusumli transport vositasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan to‘xtatilib haydovchidan hujjatlar taqdim qilinishi so‘ralganida, haydovchi o‘zini Bosh prokuraturaning xodimi sifatida tanishtirib, guvohnoma ko‘rsatgan vaqtida guvohnoma xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.
Bu haqda «O‘zbekiston-24» telekanalining «Vaziyat-24» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilganida, haydovchi O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida xizmat qilmacligi va u tomonidan taqdim qilingan guvohnoma qalbaki ekanligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi va 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter