Toshkentda rossiyalik jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq sud ishi boshlandi

O‘tgan yilning oktyabrida Toshkentdagi mehmonxonalarning birida ta’til o‘tkazish uchun kelgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi Radchenko Maksim hamda 48 yoshli o‘zbekistonlik X.N. noma’lum gazdan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.
Bir muddat o‘tib, mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi hibsga olingani oydinlashgan.
Hibsga olinganlar orasida mehmonxona egasi, isitish qozoni sotuvchilari va chilangar bor.
Rossiyaning RIA Novosti nashrining xabar berishicha, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sud majlisi boshlangan.
Nashrning yozishicha, Toshkentdagi mehmonxonada jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi zaharlanishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan «ish»da to‘rt nafar sudlanuvchidan uch nafari o‘z ayblarini tan olmayapti.
Sudda isitish uskunalari sotuvchilari Z.J. hamda A.Yu.lar va chilangar N.Q. aybini tan olmasliklarini bildirgan.
Mehmonxona egasi A.X. esa aybiga «qisman iqror»ligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hodisaga mehmonxonada o‘rnatilgan isitish qozoni eskirganligi, bundan tashqari, o‘rnatish vaqtida undan ayrim qismlar olib tashlangani (natijada uglerod oksidi (is gazi) oqib chiqqan) sabab sifatida ko‘rsatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter