Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Toshkentda psixotrop dorilarni laboratoriya sharoitida tayyorlayotgan qizlar qo‘lga olindi (video)

 Toshkentda psixotrop dorilarni laboratoriya sharoitida tayyorlayotgan qizlar qo‘lga olindi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali xorijdan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni kontrabanda qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, aviajo‘natmalar orqali Xitoy davlatidan kosmetika mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladigan vosita nomi ostida yuborilgan 5 kg «Pregabalin» moddasi to‘xtatib qolindi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu kuchli ta’sir qiluvchi modda 2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli ekanligi aniqlanib, ular harakatlanayotgan, 1994-yilda tu-ilgan shaxs boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan 1500 dona «Pregabalin» va 90 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida ular ijaraga olgan xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda yashirin laboratoriya tashkil etilganligi va jinoiy guruh a’zolari bo‘lgan – 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan 2 nafar qiz kimyoviy moddalarni aralashtirgan holda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tayyorlash va bo‘sh kapsulalarga qadoqlash bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ldi.

Mazkur xonadondan sotishga tayyorlab qo‘yilgan 376 dona «Pregabalin» kapsulasi, 101 dona flakonda «Tropikamid», 14 kg 150 gr kuchli ta’sir qiluvchi moddalari kukuni, 9 ta polietilen qopda bo‘sh kapsula va flakonlar, 20 litr xlorid kislotasi, elektron torozi, kolba, mikser va shpritslar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda jinoiy guruhning 6 nafar a’zosiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring