Toshkentda o‘quvchining bevaqt vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida hushini yo‘qotib, vafot etdi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta’lim maktabida 2023 yil 6 oktabr kuni taxminan soat 11.10 larda dars jadvali asosida 6-«D» sinfida 4-soat jismoniy tarbiya darsida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan «Futbol amaliyoti. To‘p bilan harakatlanish» mavzusida dars o‘tayotgan vaqtida shu sinf o‘quvchisi, 2011 yil 23 martda tug‘ilgan M.S. ning ko‘krak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yo‘qotgan.
Zudlik bilan o‘quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay o‘quvchi M.S. vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S. ga yurakning reflektor to‘xtashi. O‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi. Bosh miya va o‘pka shishi. Yurak gipertrofiyasi. Yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter