Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda maktab o‘quvchilari sotuvchilar tomonidan kaltaklandi

Toshkentda maktab o‘quvchilari sotuvchilar tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida maktab o‘quvchilari do‘kon sotuvchilari tomonidan kaltaklanganligi haqidagi xabar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ayrim faktlarni ochiqladi:

Aytilishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni taxminan soat 14.00 larda 2005-yilda tug‘ilgan 4 nafar maktab o‘quvchilari (A.D., M.A., X.K., M.V.) Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biriga kirib, sotuvchi yordamchisi 2005-yilda tug‘ilgan Sh.L. va uning tanishlari 2004-yilda tug‘ilgan S.H hamda 2005-yilda tug‘ilgan S.H.lar bilan o‘zaro gap talashib qolishgan.

So‘ngra ular do‘kondan chiqib, Quyliq 4-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldiga borib o‘zaro janjallashgan. Natijada ikki nafar voyaga yetmaganlar X.K. va M.V.lar tan jarohati olib kasalxonaga murojaat qilishgan, hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring