Internetni boshqarish bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo forumi Toshkentda o‘tmoqda (foto)
Forum har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 nafardan ziyod ishtirokchini o‘zida birlashtiradigan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida internetni boshqarish siyosati masalalarini muhokama qilish bo‘yicha ochiq maydon hisoblanadi.
Bu yilgi forumning asosiy mavzusi Markaziy Osiyo imkoniyatlarini kengaytirishda internetni rivojlantirish deb ataldi. Forumda internetni boshqarish sohasi mutaxassislari, vazirliklar, aloqa agentliklari, huquq-tartibot organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va tijorat kompaniyalari, tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etmoqdalar. Kiberxavfsizlik, internet erkinligi va uni muvofiqlashtirish, DNS tarmog‘ini rivojlantirish hamda internetdan foydalanish va boshqarishdagi global va milliy yondashuv muammolarini hal etish yuzasidan ilg‘or tajribalar almashilmoqda.
Internetni boshqarish bo‘yicha 4-Markaziy Osiyo forumi O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi birinchi forum sanalib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, YeXHTning mamlakatimizdagi ofisi va «Internet siyosatining fuqarolik tashabbusi» jamoat fondi (Qirg‘iziston), ICANN, «Internet Society», RIPE NCC, «Facebook», «Kasperskiy laboratoriyasi», IGFSA, «UZTELECOM» va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter