Toshkentda Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdorda mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berildi, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti joylashtiriladi.
Mazkur kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar shu yerda o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter