Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimiga maslahatchi va yordamchi tayinlandi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Fayzullayev Sarvar Sayorpo‘latovich Toshkent viloyati hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Fayzullayev 1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan.

So‘ngi yillarda ya’ni, 2018-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi musahhihlik-tarjimonlik ta’minoti sho‘’basining bosh konsultanti lavozimida mehnat qilgan.

***

Yuldashev Ravshan Zokirovich – Toshkent viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Ravshan Yuldashev 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan. 2018-yildan hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida bank-moliya sohasini rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring