Qariyb 2 ming qoidabuzar piyodaga jarima solindi
Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati O‘zAga xabar qilishicha, joriy yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida 4 mingdan ortiq qoidabuzar piyoda aniqlangan.
Ularning 1 ming 882 tasiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, 108 million so‘mdan ortiq jarima undirilgan. 204 holat bo‘yicha majburiy undiruv uchun sud idoralariga yuborildi.
Ayni paytda 546 nafar piyodadan belgilangan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda. Ular orasida 900 nafardan ortiq fuqaroga rasmiylashtirilgan bayonnomalar Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qo‘shni viloyatlarga jo‘natilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter