Toshkent viloyatida joylashgan qamoqxonada mahkum o‘zini yuqori qavatdan tashlagani aytilmoqda.
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, 20 yashar Alisher Yakubov jinsiy zo‘rovonlik aybi bilan 2020-yilning fevralida 10 yilga qamalgan. U shu yilning 25-iyunida Tovoqsoy qamoqxonasida o‘z joniga qasd qilgan, o‘zini yuqori qavatdan tashlagan.
«Mahkum shu yilning yanvarida otasi Elmurod akaga o‘zining muntazam qiynoqlarga tutilayotgani haqida xat yozgan.
«So‘nggi marta o‘g‘lim 20 yoshga to‘lgan 10-aprel kuni onasi bilan birgalikda ko‘rib kelgandik. Ertasigayoq bolamni karserga yopishibdi», deydi Elmurod Yakubov.
Uning aytishicha, Alisher joniga qasd qilgani haqida oradan 4 kun o‘tib, yaqinlariga xabar berishibdi. Orada mazkur hodisa bo‘yicha bir odamni ishdan bo‘shatishibdi. Surishtiruv xulosalari borasida esa hech nima deyishmayotgan ekan», deya yozgan Tashanov.
Hozircha ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter