Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida katta o‘g‘irlik fosh qilindi

Toshkent viloyatida katta o‘g‘irlik fosh qilindi

Foto: Prokuratura departamenti.

O‘rtachirchiq tumanida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan  korxona aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan «O‘rtachirchiqtumangaz» ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «R.T.» MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring