Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘smir topildi

Ilgari qidiruvda bo‘lgan 2009-yilda tug‘ilgan Muxammadsodiqov Shoximardon Xurshid o‘g‘li topildi. U 2022-yilning 1-iyul kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod MFYdagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagandi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Uning ahvoli yaxshi, havotirga o‘rin yo‘q.
«Uning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter