Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Mullaxanov Bahodirbek Mullaxonovich
Mullaxanov Bahodirbek Mullaxonovich Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Bahodirbek Mullaxonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlagan.

Hakimov Shuhrat Jo‘raboyevich Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuhrat Hakimov mazkur lavozimga o‘tgunga qadar Vazirlar Mahkamasida departament mudiri vazifasida ishlagan.

Polkovnik Ilhomboy Xudoybergenov viloyat hokimining o‘rinbosari – Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter