Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosining yana 5ta bekati yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi

Toshkent metrosining yana 5ta bekati yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi

Toshkent  yer usti metrosining 2-bosqichi «Qo‘yliq – Quruvchilar» yo‘nalishining 7-bekatdan 12-bekatgacha bo‘lgan 8,5 kilometrlik uchastkasida qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu oraliqdagi qurilish ishlari yil oxirigacha yakunlanadi.

«Hozirgi vaqtda 3 ta bekat qurilishi yakunlanmoqda. Qo‘yliq bozoridagi 7-bekatdan 8-, 9- hamda 10-bekatlar Mirobod hamda Sergeli tumanidan o‘tgan Toshkent halqa avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan bo‘lib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan 7-bekatdan 10-bekatgacha bo‘lgan masofada qurilish jarayonining barcha temir-beton ishlari tugatilib, yangi va mustahkam relslar to‘liq o‘rnatib bo‘lindi», – deyiladi korxona ma’lumotida.

Ayni vaqtda Toshkent yer usti halqa metro yo‘nalishining 2-bosqichida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 116 ta texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2 ming 650 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi-xodim jalb qilingan.

Mazkur yo‘nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod bo‘ladi. Bekatlar soni 50 taga yetadi. Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 600 minggacha oshadi. 245 ta yangi ish o‘rni yaratilib, metro harakatining tannarxi, aholining jamoat transportiga xarajati va kutish vaqti sezilarli qisqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring