Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismlari vaqtincha yopilmoqda
2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida 2 iyuldan boshlab Olmazor tumani KXAY ko‘chasining Farobiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishdagi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu magistral issiqlik tarmog‘i 1986 yili qurilgan bo‘lib, issiqlik tarmog‘ining kapital ta’mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 30dan ortiq avariya holatlari qayd etildi.
Ta’mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta’minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida KXAY ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qisman yopiladi va avtotransport vositalari qatnovi KXAY ko‘chasining Farobiy ko‘chasidan Beruniy ko‘chasigacha bo‘lgan tomonidan ko‘chani ikkiga bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter