To‘rtko‘lda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudining ajrimiga asosan ushbu tumanda yashovchi V.K.ning uyida o‘tkazdi.
Tekshiruv davomida 4 818 ta aksiz marka, 1 003 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan «QARATAW» nomli alkogol mahsuloti, 746 ta «QARATAW» nomi tushirilgan etiketka, 195 litr spirt hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter