To‘rt oyda salkam 50 ming turkiyalik O‘zbekistonga keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- xizmat yuzasidan – 19 462 nafar
- sayyohlik – 16 260 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar
- tijorat – 154 nafar
- o‘qish – 123 nafar
- davolanish – 20 nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter