To‘qayev Qozog‘iston shaharlarini jiddiy tanqid qildi
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat shaharlarining ko‘rinishini tanqid qildi.
Ostona shahrida davlat rahbari raisligida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat a’zolari, davlat organlari rahbarlari, viloyatlar hokimlari, parlament deputatlari, viloyat va tumanlar mas’ullari raislari ishtirok etgan.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z nutqida Qozog‘iston shaharlari infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ta’kidladi.
Prezident Bolqon davlatlarini misol qilib keltirdi, bu davlatlarning budjeti Qozog‘istonga qaraganda ancha kichik bo‘lsa, shaharlar toza va chiroyli ko‘rinadi. Buning uchun aholi shaharlarga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishi, obodonlashtirish ishlarini mahalliy hokimiyat organlari shaxsan nazorat qilishi kerak.
«Shaharlarimiz tuzilmasi juda yomon, buni tan olish kerak. Yig‘ilishda barcha darajadagi hokimlar, masilihat vakillari bor. Yaqinda televizorda Semeydagi bolalar maydonchasi haqidagi hikoyani namoyish qilishdi. Bunaqa maydonchalardan foydalanish xavfli. Hokimlar o‘z shaharlari va qishloqlarini piyoda aylanib chiqishlari kerak. Bu poytaxtga ham tegishli», — dedi To‘qayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter