«Tonirovka» qimmatlashgani bo‘yicha gap-so‘zlar izohlandi
Ijtimoiy tarmoqda «tonirovka» uchun to‘lovlar oshdi degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
IIV JXD YHXX «tonirovka» uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgarmaganligini ma’lum qiladi.
To‘lov miqdorlari avvalgidek:
- yengil avtomobillarning orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bepul;
- jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori — BHMning 8 baravari (2.720.000 so‘m);
- O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa — BHMning 14 baravari (4.760.000 so‘m);
- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — BHMning 40 baravari miqdorida belgilan (13.600.000 so‘m).
Ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) olsangiz ushbu to‘lovlarga 10 foiz chegirma bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda «Humo glass-biznes» MChJga tegishli M2 toifadagi «Gaz A21R33» rusumli transport vositasi uchun belgilangan to‘lov summasi 10 foiz chegirma bilan 12.240.000 so‘m bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter