«Tolibon» Panjsher viloyatini ishg‘ol etdi

«Tolibon» harakati Afg‘oniston shimolidagi Panjsher viloyatini to‘liq o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda harakatning matbuot kotibi Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.
Ushbu viloyat Afg‘onistonda «Tolibon»ga bo‘ysunmayotgan so‘nggi hudud edi.
Qayd etilishicha, Panjsher viloyati butunlay egallangan. Viloyatdagi isyonchilarning bir qismi mag‘lub bo‘lgan, qolganlari esa qochib ketgan.
Avvalroq Afg‘onistonning Panjsher provinsiyasidagi qarshilik kuchlari vakili Fahim Dashti «Tolibon»ning yuzlab jangchilari yo‘q qilinganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter