Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tolibon muhim xalqaro tashkilotga qo‘shilmoqchi

Tolibon muhim xalqaro tashkilotga qo‘shilmoqchi

"Afg‘onistonni birga tiklaymiz" nomli Pokiston-Afg‘oniston yoshlar forumining xalqaro onlayn konferensiyasida "Tolibon" vakili Zabihillo Mujohid Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagiga qo‘shilmoqchi ekanini aytdi.

Mujohid bu haqda ilk marta aniq gap aytgan bo‘lib, ushbu qaror juda muhimligini ta’kidladi va Pokiston afg‘on xalqiga yordam berishda davom etishiga umid bildirdi.

Shuningdek, "Bir makon — bir yo‘l" haqida gapirib, Afrika, Osiyo va Yevropani bog‘laydigan mazkur yo‘nalish orqali bir qator bandargohlar, temir va avtomobil yo‘llari, sanoat maydonlariga qo‘shilish tolibonlar tomonidan yuqori baholanayotganini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring