Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» erkaklar va ayollar uchun yangi qoida joriy etdi

«Tolibon» erkaklar va ayollar uchun yangi qoida joriy etdi

Foto: «Getty Images»

Afg‘onistondagi «Tolibon» harakati erkaklar va ayollarning istirohat bog‘larida birgalikda hordiq chiqarishlarini taqiqladi va yangi qoida joriy etdi.

Bundan buyon erkaklar haftaning chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari, ayollar esa yakshanba, dushanba va seshanba kunlari istirohat bog‘lariga kirishiga ruxsat etiladi.

Afg‘onistonliklar odatda oilalari bilan ko‘p boradigan Kobul tashqarisidagi sayyohlik manzillarida erkaklarga harbiycha kiyinmaslik, ayollarga esa begonalar bilan muloqot qilmaslik tavsiya etildi.

Yangi tartibga rioya qilmaganlar hukm ustidan shikoyat qilish huquqisiz javobgarlikka tortiladi.

«Tolibon» ayollarga samolyotda parvoz qilish bo‘yicha taqiq qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring