«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Bugun mamlakatimizga Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi muvaqqat hukumat delegatsiyasi keldi.
Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya 2022-yil 25-26-iyul kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» xalqaro konferensiyada ishtirok yetadi.
Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter