Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV: Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlangan

TIV: Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlangan

Foto:«Drive 2»

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019 yil 17 sentabrga o‘tar kechasi mazkur shaharda gaz baloni va pichoq bilan qurollangan ikki noma’lum shaxs qotillik maqsadi bilan O‘zbekiston fuqarosi A.T.ga hujum qilgani va bir necha marta pichoq bilan jarohatlab voqeadan joyidan yashiringani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. A.T. shifoxonaga joylashtirilgan.

Uning holati o‘rtacha og‘irlikda deya baholanmoqda.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh konsulxona mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va hamyurtimiz muolaja olayotgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring