TIV: «O‘zbekiston afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqandda o‘tkazishga tayyor»

O‘zbekiston Doxadagi afg‘onlararo konferensiya qarorini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolutsiyani qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilingan.
«O‘zbekiston tomoni inklyuziv afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va bo‘lajak muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildiradi» deyiladi bayonotda.
Samarqand uchrashuvi o‘tkazilishining aniq vaqti afg‘onlararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari bilan kelishilganidan so‘ng e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Afg‘onistondagi siyosiy jarayon faqat afg‘on xalqi va uning rahbarligida amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi o‘zining prinsipial mavqeini tasdiqlashini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter