Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sherikchilik shartlari ma’lum qilindi

Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sherikchilik shartlari ma’lum qilindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Endilikda investorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan muhitda, o‘zlari istagan davlat tibbiyot muassasalariga investitsiya kiritish imkoniyatiga ega. Xususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

— Buning uchun investor Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi (murojaat uchun telefon: 71-241-86-13,71/241-99-42 ) va uning hududiy bo‘limlariga Davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan murojaat qilishi mumkin, — deydi ushbu bosh boshqarma boshlig‘i Kamolxo‘ja Eshnazarov. — Taklif jarayonida tadbirkor loyihaning nomi, uni amalga oshirish shakli, loyihaning yakuniy natijalari, amalga oshiriladigan manzili, loyiha qamrab oladigan tibbiy muassasalar, shuningdek, yer uchastkalari, bino va inshootlar yoki ularning qismlari, davlat tibbiyot muassasalari binolari (xonalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, loyihani amalga oshirishning taxminiy reja-jadvali va muddatlari, jamoat infratuzilmasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, rejalashtirilayotgan investitsiyalar hajmi, daromad manbalari hamda uni amalga oshirishning asosiy xavflarini aniq ko‘rsatishi kerak.

Bitimning amal qilish muddati davlat va xususiy sherik tomonidan belgilanib, bunda u uch yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi lozim. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda xususiy sherikka ajratilgan yer uchastkalari, sotib olingan tibbiy va boshqa uskunalar, shuningdek, ular tomonidan qurilgan ob’yektlar bitimning amal qilish muddati tugagandan so‘ng davlat sherigiga topshiriladi.

Yana bir muhim jihati, ushbu hujjat bevosita sog‘liqni saqlash tizimidagi bo‘sh turgan uchastka va binolardan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashga yordam beradi. Masalan, laboratoriya, sterilizatsiya, tibbiyotda yuzaga keladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish va onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring