Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezlikni 60dan oshirmang, endi jarimaga tortilasiz!

Tezlikni 60dan oshirmang, endi jarimaga tortilasiz!

Foto: «Xabar.uz»

Yo‘l harakati qoidalariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Yo‘l harakati qoidalarining 78-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagicha tahrir qilindi: «Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi».

Ushbu hujjat tufayli endi shaharlarda, viloyatlar va tumanlarning markazlarida tezlikni soatiga 60 kmdan oshirsangiz, jarimaga tortilasiz.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring