Tesla sotuvi Yevropa bozorlarida keskin paysayib ketdi

Ilon Maskning Tesla elektrokari endi Yevropa bozorida muvaffaqiyat qozona olmayapti.
Yevropa elektromobil bozorida o‘sish kuzatilganiga qaramay, Tesla’ning Yevropa Ittifoqidagi sotuvi aprel oyida 5 475 taga tushib, teng yarmiga kamaygan. Seshanba kuni e’lon qilingan «Acea» Yevropa ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning apreliga nisbatan 52 foizga kamaygan.
Biroq Tesla sotuvi yil boshidan beri yaxshilanmayapti. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 46,1 foizga kamaygan. Bu davrda jami 41 677 ta elektromobil sotilgan.
Boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari Tesla sotuvining tushib ketganidan foydalanishmoqda. Jato Dynamics tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha elektromobillar sotuvi bozorining sobiq yulduzini o‘nta raqobatchi ortda qoldirdi. Ular orasida Volkswagen, BMW, Renault va Xitoy ishlab chiqaruvchisi BYD kabilar bor.
2025 yilning birinchi choragida Volkswagen elektr transport vositalarini yetkazib berish hajmini ikki baravarga oshirdi. Xitoy jahon bozori yetakchisi esa birinchi marta Tesla’dan o‘zib ketdi. Jato Dynamics ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida BYD Tesla’dan ko‘proq avtomobil sotgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter