Telejurnalist Ruxsora Karimova baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi jurnalisti Ruxsora Karimova yo‘l-transport hodisasi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda uning hamkasbi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 37 yoshli jurnalist Navoiydan Toshkent shahriga ketayotgan vaqtida YTHga uchragan.
Uning bir o‘g‘li va bir qizi bor edi.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter