Telegramda ehtiyot bo‘ling! Sizni qayerdan topishni bilishadi...
Hakerlar odamlar qayerdaligini Telegram orqali aniq topishmoqda. «T1 Integratsiya» xavfsizlik bo‘limi rahbari Valeriy Stepanov «Praym»ga bergan intervyusida bu xavfdan ogohlantirdi.
Stepanovning aytishicha, Telegram messenjeridagi «Nayti lyudey ryadom» («Yaqindagi odamlarni topish») funksiyasiga hakerlar skript (kichik dastur) yozishdi: u odamlarning qayerdaligini aniq topib beradi. Bundan tashqari, WhatsApp orqali ham hakerlar foydalanuvchilar haqida katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plashlari mumkin, dedi mutaxassis.
Kiberfiribgarlar smartfonning joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun spam va botlar yo‘llashlari, bank ma’lumotlarini o‘g‘irlashlari mumkin. Stepanov geolokatsiyani faqat juda zarur hollarda yoqish kerakligini ta’kidlab, ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalanishni tavsiya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter