Telegram asoschisi yozni O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin
Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyo davlatlarida o‘tkazmoqchi. Bu haqda u o‘zining rasmiy kanalida ma’lum qildi.
«Dubayda havo issiq. Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi ajoyib joylarga ketishyapti. Fransiya fuqarosi sifatida men Fransiya eng yaxshi dam olish maskani ekanligiga qo‘shilaman.
Telegram bosh direktori sifatida men mehnat ta’tili olmayman. Buning o‘rniga men g‘ayrioddiy joylardan foydalanuvchilarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ishlashda davom etaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga u yerda hayot qandayligini ko‘rish, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganish uchun borishga qaror qildim», – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Telegram O‘zbekistonda asosiy messenjerlardan biri bo‘lib, 2023-yilning iyun oyi holatiga, internet foydalanuvchilarining qariyb 80 foizi yoki 30,6 mln o‘zbekistonlik ushbu platforma xizmatidan foydalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter