Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram asoschisi to‘rtinchi davlat fuqaroligini oldi

Telegram asoschisi to‘rtinchi davlat fuqaroligini oldi

Foto: «Regnum»

Telegram asoschisi Pavel Durov Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqaroligini oldi.

«Forbes» yozishicha, Durov bir paytning o‘zida to‘rt mamlakat — Rossiya, Fransiya, Sent-Kits va Nevis hamda BAA fuqarosiga aylandi.

Durov yaqinda Dubay voris shahzodasi Hamdon bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashgandi.

Nashr suhbatdoshi ma’lum qilishicha, Durovning rus pasporti muddati allaqachon tugagan, u ko‘p yillardan beri Rossiyaga bormaydi, 8 yildan beri bu yerda mol-mulk saqlamaydi.

Pavel Durov Dubai Media City erkin iqtisodiy zonasidagi minoralardan birining 23-qavatida Telegram shtab-kvartirasini 2017-yilda ochgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring