Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Technovation Uzbekistan» hududlarga «tashrif buyuradi»

«Technovation Uzbekistan» hududlarga «tashrif buyuradi»

«Technovation Uzbekistan» tashkilotchilari loyiha doirasida hududlar bilan onlayn aloqa o‘rnatdilar.

Foto: «InfoCOM.UZ»

Qizlar o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni targ‘ib etishni maqsad qilgan «Technovation Uzbekistan» tashkilotchilari loyiha doirasida hududlar bilan onlayn aloqa o‘rnatdilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan video-anjuman universitetning Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch hamda Nukus shaharlaridagi bo‘linmalarini qamrab oldi. Unda universitetda, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan, shuningdek «Technovation Uzbekistan» loyihasida qatnashish istagidagi qizlar ishtirok etdilar.

Video-anjuman mobaynida har bir hududda loyihani tashkil etishda ishtirok etuvchi Xotin-qizlar qo‘mitasi va TATU bo‘linmalarining koordinatorlari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, «Technovation Challenge» xalqaro tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning qariyb 80 mamlakati, jumladan, ikki yildan buyon O‘zbekistonda ham o‘tkazib kelinmoqda. Bu texnologik  ishlanmalar tanlovi bo‘lib, uning doirasida qizlar jamoalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Jamoalar ustoz va murabbiylar rahbarligida dolzarb muammoni aniqlashi, uning yechimi bo‘yicha ilova yaratishi, loyihaning tijoriy amalga oshirilishi uchun zarur kompaniyaga asos solishi lozim.

Avvalroq, Toshkent shahridagi INHA universitetida «Technovation Uzbekistan Launch Week 2018» keng ko‘lamli tadbir boshlangani haqida xabar bergan edik.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish «Technovation Uzbekistan» saytida 10-fevral kuniga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring