Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pishirilgan go‘shtni muzlatgichda qancha muddat asrash mumkinligi aytildi

Pishirilgan go‘shtni muzlatgichda qancha muddat asrash mumkinligi aytildi

Mutaxassislar oldin ham pishirilgan go‘shtni muzlatkichda faqat kesilgan shaklda saqlashni maslahat bergan. Bu haqda Eat This, Not That! ma’lum qildi.

Go‘shtning katta bo‘laklari, masalan, qovurilgan yoki butun kurka, yaxshi sovutish uchun kichikroq qismlarga bo‘linishi kerak. Tayyorlangan go‘sht muzlatgichda ikki soat davomida, to‘rt darajadan oshmagan haroratda qoldirilishi kerak.

Agar go‘shtli taom issiq sharoitda yoki quyoshda qolib ketsa, uni bir soat davomida sovutish yoki tashlab yuborish kerak.

Shu tarzda bakteriyalarning tez rivojlanishining oldini olish mumkin, deydi mutaxassislar. Escherichia coli va Salmonella deya ataladigan bakteriyalar go‘shtda eng ko‘p uchraydigan turdir. Ularning har biri bilan ifloslangan go‘shtni iste’mol qilish ovqatdan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Escherichia coli diareya, siydik yo‘llari infeksiyalari, nafas olish kasalliklari va qon oqimi infeksiyalariga olib keladi.

Dudlangan go‘sht yoki kolbasa muzlatgichda to‘rt daraja yoki undan past haroratda bir hafta davomida xavfsiz tarzda saqlanishi mumkin. Mol go‘shti yoki parranda go‘shti - faqat uch yoki to‘rt kun saqlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring