Tanzila Norboyeva «daftarbozlik ko‘payib ketdi» degan fikrga izoh berdi
Oliy Majlim Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent viloyati deputatlari bilan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari» kabi tartiblarga to‘xtalgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Haqiqatan, bu daftarlar vaqtinchalik ko‘rilgan chora, vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibdir. Ilgari qilingan ishlar bo‘yicha umumiy tarzda hisobot berilgan bo‘lsa, endilikda, bu tizimni juda ko‘p xalqaro tashkilotlar ham o‘rganish taklifi bilan chiqishyapti. Ya’ni, mana shu daftarlar orqali biz fuqarolarga manzilli yordam berishga erishyapmiz», — degan Tanzila Norboyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter