Tanqid «Alibobo» va boshqa IT-gigantlarga juda qimmatga tushdi
«Alibaba» qiymatni yo‘qotish borasida rekord o‘rnatdi — Jek Ma dunyo bank tartibini «qariyalar klubi» deya ta’riflab, Xitoy moliya tizimini tanqid qilganidan so‘ng oradan bir yil o‘tib (2020-yilning oktyabriga nisbatan) uning kompaniyasi o‘z qiymatining 44 foizini yo‘qotdi. Yo‘qotilgan qiymat — $344,4 mlrd!
Tanqidga qarshi yurish qilgan xitoylik muvofiqlashtiruvchilar «Alibaba»ning sho‘’basi — «Ant Group» moliya-texnologiyalar kompaniyasi aksiyalari ochiq savdosini man etishdi, bosh kompaniyaning o‘ziga esa antimonopol jarima — naq $2,8 mlrd. to‘lash majburiyati yuklandi. O‘sha voqealar avjida Jek Maning sirli ravishda bir necha oyga ko‘zdan g‘oyib bo‘lishi jahon jamoatchiligini tashvishga solib qo‘ydi.
Buyog‘iga domino effektiga guvoh bo‘ldik: Xitoy hukumati burovni shunchalik oldiki, «Alibaba» ortidan Xitoydagi IT-sohaning boshqa gigantlari va tutash sohalar uchun «sichqonning ini ming tanga» bo‘lib qoldi.
Jek Maning tanqididan so‘ng Xitoy IT-gigantlarining yo‘qotishlari
«Qariyalar klubi» bergan «qimmatli» saboqni Jek Ma bir umrga unutmasligi tayin. Uning imperiyasi avvalgi shuhrati va salohiyatini tiklay oladimi? Nazarimizda bu savol hali ko‘p vaqt ochiq turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter