Taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda

O‘zbekistonning taniqli oshpazlaridan biri, Oshxona.uz, Chustiy’s cuisine, Tez Food va Sal-Sal loyihalari asoschisi Bahriddin Chustiy poytaxtdagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda bloger va tadbirkor Aziza Umarova xabar bermoqda.
«Biz yordamga muhtojmiz. Kuni kecha taniqli oshpaz Bahriddin Chustiyni 70 foizli saturatsiya bilan kasalxonadan chiqarib yubormoqchi bo‘lishdi. Qarindoshlari janjal chiqarishdi, u hali ham yuqumli kasalliklar shifoxonasida. Ammo uning ag‘voli og‘ir. Unga yaxshi shifokor kerak: ftiziatr va pulmonolog. Kimdir yordam bera oladimi? O‘zbekistondan bo‘lmasa ham. Masofaviy konsultatsiya ham juda muhim. Yigitni qutqarish kerak», – deb yozdi u feysbukdagi sahifasida.
Aziza Umarova bugun ertalab Bahriddinning rafiqasi bilan gaplashganini qo‘shimcha qildi.
«U allaqachon jonlantirish bo‘limida ekanligini aytdi. Kislorodsiz saturatsiya 47, kislorod bilan 89. Harorat 38,5», – qayd etdi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter