Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarga sohada kutilayotgan o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi

Tadbirkorlarga sohada kutilayotgan o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov ishtirok etdi.

Hukumatimiz tomonidan Prezidentimizning shu yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unda soha sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashda mazilli ishlar belgilandi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida tadbirlar o‘tkazila boshlandi.

Andijon va farg‘onalik tadbirkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori To‘lqin Boboqulov davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi nutqining asosiy jihatlariga to‘xtaldi.

Ochiq muloqotda ilgari surilgan 5 ta yo‘nalishdagi tashabbuslar mamlakat va soha vakillari uchun qanday manfaat keltirishi ilmiy-amaliy jihatdan xalqaro tajribalar asosida tushuntirildi.

Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlarni belgilash, yangi soliq yuklari, yangi loyihalarni amalga oshirishda qulay moliyalashtirish tizimini yaratish, mulk huquqini himoyalash borasidagi o‘zgarishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar ham so‘z oldi. Ularning bank bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari ahamiyati muhokama etildi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring