Tadbirkor ayollarga ko‘maklashuvchi maxsus platforma ishga tushiriladi

2025-yil 1-iyulgacha tadbirkor ayollar faoliyatiga ko‘maklashuvchi – «Tadbirkor ayollar» platformasi ishga tushiriladi.
Platforma, jumladan, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish;
- o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
- zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
- loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
Shuningdek, 2025-yil 1-maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi «Hamkor tadbirkor» dasturi yo‘lga qo‘yiladi:
- o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
- mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashish.
2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.
Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter