Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiiy gaz ta’minotida monopoliya bekor qilinadi — Prezident

Tabiiy gaz ta’minotida monopoliya bekor qilinadi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Xabar.uz muxbiri xabar berishicha, davlat rahbari tabiiy gaz monopoliyasi tugatilishini ma’lum qildi.

«Tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor mexanizmlarini joriy etamiz. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlarga birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa, gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. «O‘ztransgaz» kompaniyasi esa, faqat gazni transportirovka qiladi.

Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida, uning importiga o‘rnatilgan bojlar bekor qilinadi» — dedi prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring